Xorazm viloyati drama teatri ijodiy jamoasi Jizzaxda

12 Apr, 2022 - 16:12
543
Xorazm viloyati drama teatri ijodiy jamoasi Jizzaxda

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-112-son qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati drama teatri ijodiy jamoasi Jizzaxga tashrif buyurdi. Mehmonlar 17-aprelga qadar o‘z teatr tomoshalarini namoyish etishadi.

Shu munosabat bilan tomoshalarning ochilish marosimi tashkil etilib, unda Xorazm viloyati drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan “Chig‘iriq” komediya spektakli namoyish qilindi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash