Vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda
11 Apr, 2022 - 13:10
534
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 14-martdagi 01-15-09-son yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda vazirlik huzuridagi Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiallari, shuningdek, Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etildi.
Ularda talaba-yoshlarga markaz faoliyati, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar xususida atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbirlar yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarilib, taklif va mulohazalari tinglandi.