Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o'quvchilari uchun "Mahorat darsi" tashkil etildi
08 Apr, 2022 - 15:32
561
Axborot va matbuot xizmati
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi "Aktyorlik san'ati”, "Musiqashunoslik va fortepiano", "Tasviriy san'at", "Xalq cholg'ulari ijrochiligi", "An'anaviy ijrochilik" va "Estrada va Akademik xonandalik" kafedralari o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Mirzacho'l tumani 13-son bolalar musiqa va san'at maktabida mahorat darslari tashkil etildi.