Biryo‘la ikki sahna asari taqdim etildi
07 Apr, 2022 - 12:37
651
Axborot va matbuot xizmati
Biryo‘la ikki sahna asari taqdim etildi
Qo'qon shahar musiqali drama teatrida rejissyor Xo’jamberdi Egamberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Chol va dengiz” spektakli mutaxassislar ko‘rigiga taqdim etildi.
Ko‘rikda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, vazirlikning Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maxmutbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-tahririyat sho‘basi mudiri Shorustam Abidov ishtirok etdi.
Kunning ikkinchi yarmida mutaxassislarga rejissyor Shamsiddin Usmonov tomonidan sahnalashtirilgan “Lir fojeasi” spektakli namoyish etildi.
Namoyishdan so‘ng mutaxassislar va jamoat vakillari tomonidan qizg‘in muhokamalar olib borilib, aktyor va rejissyorlar mahoratini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube