RASMIY MUNOSABAT
06 Apr, 2022 - 17:55
609
Axborot va matbuot xizmati
RASMIY MUNOSABAT
Murojaatda keltirilgan Andijon viloyati, Andijon shahar, Yorboshi MFY, Nayman ko‘chasi, 57-uyda joylashgan “Istiqlol” madaniyat markazi faoliyatini mahalla guzari sifatida qayta tashkil etish boyicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qarori hamda “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmonida madaniyat muassasalari faoliyati davlat-xususiy sheriklik asosida samarali tashkil etilishi belgilangan.
Yuqoridagi belgilangan vazifalarni ijrosini sifatli bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537 Qonuniga muvofiq faoliyati qoniqarsiz, taʼmirtalab holatga kelib qolgan Andijon shahrida joylashgan “Istiqlol” madaniyat markazida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirkordan taklif loyiha hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, hozirda belgilangan tartibda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 17-18-iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 33-sonli yig’ilish bayonining 91-bandida ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat muassasalari) ob’yektlari va yer uchastkalari ushbu sohalardan tashqari boshqa maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilmasligi qayd etilgan.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube