Talabalar uchun qulay imkoniyat

05 Apr, 2022 - 18:10
584
Talabalar uchun qulay imkoniyat

Axborot va matbuot xizmati

Talabalar uchun qulay imkoniyat

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda institut talabalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Unda Madaniyat vaziri, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Ozodbek Nazarbekov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev, tuman prokurori Aliakbar Po‘latov ishtirok etib, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Yarmarka doirasida institut talabalarini ishga joylashtirish bo’yicha muayyan tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzilishi rejalashtirildi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash