Mahorat darsi

05 Apr, 2022 - 17:37
663
Mahorat darsi

Axborot va matbuot xizmati

Mahorat darsi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali hamkorligida “Mahorat darsi” teleloyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad,  ustoz-shogird an’analarini munosib davom ettirish, san’atimiz darg‘alarining ijodiy tajribalarini yoshlarga namuna sifatida ulashib borishdir. 

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyevaning mahorat darsi tashkil etildi. Ustoz san’atkor institut talabalariga milliy maqom sirlari, sahna madaniyati, asrlar osha tinglovchilarni o‘ziga rom etib kelayotgan mumtoz asarlarning ijro yo‘llari, ularni kuylash uslublari haqida ma'lumotlar berdi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash