"Yo‘qotilgan qalb" spektakli taqdimoti

04 Apr, 2022 - 16:32
664
"Yo‘qotilgan qalb" spektakli taqdimoti

Axborot va matbuot xizmati

"Yo‘qotilgan qalb" spektakli taqdimoti

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida XX asr AQSH adabiyotining yirik vakilasi Lilian Xellmanning “Tulkichalar” pyesasi asosida sahnalashtirilgan (sahnalashtiruvvchi rejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Irina Avdyushkina) “Yo‘qotilgan qalb” spektakli  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy kengashi ko‘rigiga taqdim etildi. 

"Asar jiddiy va tomoshabin uning ta’sirini uzoq vaqt his etib yuradi", deyildi muhokamalar jarayonida. Vazirlik vakillari, teatrshunos olimlar va mutaxassislar ishtirokida o‘tgan muhokamada sahnalashtiruvchi rejissyorning asarni pishiq-puxta o‘rgangani va uning mohiyatini aktyorlarga to‘g‘ri yetkaza olgani sababli sahnada tom ma’noda aktyorlar ansambli vujudga kelgani ta’kidlandi.

Muhokmalar yakunida asar Badiiy kengash a’zolari tomonidan teatr repertuariga qo‘shish va namoyish etishga tavsiya etildi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash