Yangi Oʻzbekiston-yangicha dunyoqarash
03 Apr, 2022 - 12:00
588
Axborot va matbuot xizmati
Yangiobod tuman Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlariga binoan taniqli sanʼatkorlar ishtirokida chekka tumanlarda yashayotgan aholini sanʼat va madaniyatga qiziqishini yanada oshirish maqsadida, "Yangi Oʻzbekiston-yangicha dunyoqarash" shiori ostida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatr aktrisasi Muqaddas Mamadaliyeva hamda teatr va kino aktyori Umidjon Shodmonovlar ishtirokida 19-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faollar zalida Ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida sanʼatga qiziquvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni olishdi. Aktrisa ajoyib laparlar ijro etib qatnashuvchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube