Ijro intizomi

02 Apr, 2022 - 18:00
689
Ijro intizomi

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan yig'ilish o'tkazildi. Unda joriy yilda respublikamizda tashkil etiladigan xalqaro va respublika miqyosidagi festivallar hamda madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, 2022-yilda xotira, ijodiy kecha va yubileylari nishonlanadigan hamda tavallud kunlari munosabati bilan tabrik yo‘llanadigan ijodkorlarga munosib e’tibor ko‘rsatish, Madaniyat vazirligining 2023-yilgi moliyaviy rejasi loyihasini joriy yil aprel oyida to‘liq va sifatli ishlab chiqish, vazirlik markaziy apparati, respublika tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalaridagi tegishli vakant lavozimlarga munosib nomzodlar tayinlash kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli xulosa qilindi.


Fayllar:

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash