TASHRIF

09 Oct, 2021 - 11:36
636
TASHRIF

Axborot va matbuot xizmati

8-oktabr kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida 1-sonli bolalar musiqa maktabi hamda Andijon viloyati yoshlar teatri faoliyati bilan keng tanishdi. 
Dastlab, musiqa maktabida tashkil etilgan to‘garaklardagi qizg‘in ish jarayoni bilan tanishib, kelajakda yetuk san’at mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga umid bildirdi. 

Shu bilan birga, Andijon viloyati yoshlar teatrining navbatdagi 33-mavsumning tantanali ochilishida ishtirok etib, mazkur teatr faoliyati yuzasidan ijodkorlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ko‘tarilgan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash