ANDIJONDAGI "ECO PARK" MEHMONLARGA MUNTAZIR...
07 Oct, 2021 - 22:20
686
Axborot va matbuot xizmati
"ECO PARK" hududidagi mavjud 3 ta favvora ta’mirlanib, 3 ta yangisi bunyod etildi. Shuningdek, yosh bolajonlar uchun zamonaviy maydoncha qurilib, 10 ga yaqin attraksionlar o‘rnatildi. Aholi, shu jumladan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Street workout” maydonchasi barpo etilib, ochiq osmon ostida konsert dasturlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan sahna ta’mirlandi.
Aytish joizki, xalqimizning sevimli maskaniga aylanayotgan, 4 gektarli ushbu hududga 40 turdan ortiq 5 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi. 2 gektar maydonga chim yotqizildi.
"ECO PARK" hududidagi mavjud 3 ta favvora ta’mirlanib, 3 ta yangisi bunyod etildi. Shuningdek, yosh bolajonlar uchun zamonaviy maydoncha qurilib, 10 ga yaqin attraksionlar o‘rnatildi.
Aholi, shu jumladan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Street workout” maydonchasi barpo etilib, ochiq osmon ostida konsert dasturlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan sahna ta’mirlandi.
Jarayonda keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari "ECO PARK" hududidagi kishiga estetik zavq bag‘ishlovchi kichik maydonchalar bo‘ylab sayohat uyushtirdilar.