TAYINLOV

02 Nov, 2021 - 17:43
916
TAYINLOV

Teatr arboblari uyushmasi

Joriy yilning 2 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Teatr Аrboblari uyushmasi Faollar kengashining navbatdan tashqari majlisi boʼlib oʼtdi. 

Unda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi Nodir Qosimov, Madaniyat vaziri birinchi oʼrinbosari Bahodir Аhmedov, Oʼzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi Kamoldiddin Ishanxodjaev hamda Uyushma xodimlari, teatr direktorlari, Faollar Kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Majlisda tashkiliy masala koʼrilib, Muratov Mahmudjon Moʼminovich Oʼzbekiston Respublikasi Teatr Аrboblari uyushmasi raisining ijodiy ishlar boʼyicha birinchi oʼrinbosari lavozimiga saylandi.

 Mahmudjon Muratovning kelgusi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash