“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Samarqand viloyatida
18 Dec, 2023 - 09:04
324
Matbuot xizmati
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng ko‘lamda imkoniyat yaratish maqsadida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmedov Bahodir Majidovich rahbarligida 16-dekabr kuni Samarqand viloyatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar davomiyligida Baxodir Axmedov tomonidan yoshlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishliklari xususida takliflar berildi.
Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik jamoalarning yangi repertuarlarini yaratish, unda xalqimizning tarixi, qadriyat va an’analarini kelajak avlodga yetkazish xalq jamoalarining asosiy vazifasi ekanligi takidlandi.
Viloyatidagi madaniyat bo‘limlari va madaniyat markazlari 2023-yil davomida ommaviy bayramlar va turli madaniy tadbirlar tashkil etishda faol ishtirok etgani uchun madaniyat bo‘limlari rahbarlari Madaniyat vazirligi tomonidan “Diplom” bilan taqdirlandi.