Bahodir Axmedov hamda ijodkor yoshlar oʻrtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
13 Dec, 2023 - 16:31
263
Matbuot xizmati
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab- quvvatlash hamda, ularga keng ko‘lamda imkoniyat yaratish borasida Buxoro viloyatida 13- dekabr kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar davomiyligida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarini olib, kelajakda katta marralar sari intilishliklari haqida dadil so‘z yuritishdi.
Qolaversa Baxodir Axmedov tomonidan yoshlarga yuqori mativatsiya berilib, kelajakdagi rejalari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishliklari xususida suhbatlar olib borildi.
Shuningdek Buxoroda faoliyat yuritayotgan folklor- etnografik jamoalarning Navro‘z bayrami uchun chiqishlari ko'rib chilib, kerakli tavsiyalar berildi.