“Astana Opera” teatrida katta konsert dasturi o‘tkazildi
23 Nov, 2023 - 11:55
314
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi, Ostona shahrida bo‘lib turibdi. O‘zbekiston xalq artisti, tenor ovoz sohibi Ramiz Usmonov rahbarligida dirijyor maestro simfonik orkestri va yetakchi solistlari va balet jamoasi ishtirokida katta gala-konsert o‘tkazildi. “Astana Opera” teatrida bo‘lib o‘tgan ushbu konsert dasturida o‘zbek hamda jahon klassikasidan joy olgan eng sara asarlar ijro etildi.