Poytaxtimiz ilk musiqa festivaliga mezbonlik qildi
22 Nov, 2023 - 23:19
359
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlarning Mamlakatlararo gumanitar hamkorlik Fondi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligida ilk bor Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tashkil etilgan mazkur festivalda 13 ta xorijiy davlatlardan 100 nafarga yaqin ijodkorlar, ijodiy jamoalar hamda nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
Bugungi kunga qadar Festival doirasida poytaxtimizdagi “Turkiston” san'at saroyi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi sahnalarida 11 ta konsert dasturlari hamda vazirlik huziridagi ta'lim muassalarida sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
Bir so‘z bilan aytganda, festival xalqaro toifadagi barcha yetakchi orkestrlar va ijrochilar o‘rtasida do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro tajriba almashinuviga xizmat qildi.