Buyuk adibning o‘g‘li Samarqandda
21 Nov, 2023 - 12:49
316
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Ma'lumki, joriy yilda joylarda Qirg‘iz xalqining buyuk adibi Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan adibning farzandi Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiq-Ko‘l forumi prezidenti Askar Aytmatov va uning maslahatchisi, professor Begijon Ahmedov, adabiyotshunos olima Anara Nasirova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Nurali Qobil, “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi bosh muhariri Humoyun Akbarov, Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi Toshpo‘lat Tugalovlar Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida bo‘lishdi.
Tashrif doirasida teatr direktori Botir Tugalov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Mamedova hamda rejissyor G‘ofur Mardonovlarga Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiq-Ko‘l forumining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng, Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Erta qaytgan turnalar” spektakli mehmonlar e'tiboriga havola etildi.