Yana bir tanlovni yakunladik

01 Nov, 2023 - 18:14
328
Yana bir tanlovni yakunladik

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Jizzax viloyati musiqali va drama teatrida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalari ijodiy jamoalari o‘rtasida 3-Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazdik. 
Ikki kun davomida ishtirokchi ijodiy jamoalarning chiqishlari tajribali Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. 

Kuzatuvlarimga asoslanib ayta olamanki, ijodiy jamoalar tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rishgan. Shu boisdan ko‘rik-tanlov murosasiz bo‘ldi, deyish mumkin.
Tabiiyki, bu Hakamlar hay’atiga qiyinchilik tug‘dirish bilan birga, katta mas’uliyat ham yukladi. 
Hakamlar xulosasiga ko‘ra, Namangan viloyati ijodiy jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, farg‘onaliklar ikkinchi bo‘lishdi. Jizzax viloyati jamoasi 3-o‘ringa hamda faol ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalarga munosib ko‘rildi.

Aytish kerakki, tanlov nafaqat bellashuv, balki tajriba va o‘zaro fikr-mulohaza almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, barcha ijodiy jamoalar uchun repertuarini muntazam yangilab borish, yangi-yangi ijro namunalarini yaratishdek vazifani ham yukladi. 

Barcha g‘oliblarga munosiblik nashidasi muborak bo‘lsin!

Madaniyat vaziri 
Ozodbek Nazarbekov
 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash