Hamkorlik memorandumi imzolandi

31 Oct, 2023 - 15:14
312
Hamkorlik memorandumi imzolandi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida ta’lim sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. 

Hamkorlik doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va mualliflik huquqlariga rioya qilish bilan bogʻliq dolzarb mavzular boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud qonunchilik bazasini oʻrganish koʻzda tutilishi kutilmoqda. 

Ushbu memorandum tajriba almashish va malaka oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa mualliflik huquqini himoya qilish sohasidagi huquqiy tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash