Turkiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkaziladi
20 Oct, 2023 - 12:10
314
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
Madaniyat vaziring birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yillik yubileyi doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvi Turkiya Madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Serdar Cham bilan bo‘ldi.
Muloqotda tomonlar dastlab, ayni paytdagi madaniy hamkorlik munosabatlarini muhokama qildilar.
So‘ng, har ikki davlat rahbarlari olib borayotgan hamkorlik siyosati doirasida madaniy hamkorliklarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Turkiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ni o‘tkazish taklifini ilgari surdi.Turkiya madanyat vazirligi tomonidan ushbu taklif ma'qullanib, “O‘zbekiston madaniyati kunlari” Turkiya Respublikasi mustaqilligining 100 yilligi doirasida tashkil etish va shu doiradagi madaniy tadbirlar bilan birga o‘zbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analari namoyishini ham o‘tkazish taklifi bildirildi.