San'atimiz vakillari yana e'tirofu olqishlarga ko‘mildi

17 Oct, 2023 - 11:16
308
San'atimiz vakillari yana e'tirofu olqishlarga ko‘mildi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Avval xabar berganimizdek, TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yillik yubiley tantanalari tashkilotga a'zo davlatlarda birma-bir nishonlanyapti. Xususan, yurtimizda ham bu anjuman yuqori madaniy saviyada o‘tkazilgan edi. 
Yubileyning navbatdagi mezboni Ozarbayjonning Boku shahri bo‘ldi. 

Turk dunyosi musiqa san'atining eng saralari ijro etilgan mazkur tadbirda opera xonandalari Shirin Mametova, Umid Isroilov, baxshi Muhammed Torebekov, doirachilar guruhi hamda "Navro‘z" raqs ansambli ishtirok etib, o‘zbek san'atini yana bir bor xalqaro sahnada tarannum etishdi.

O‘zbek san'at vakillarining har bir chiqishlari tomoshabinlar tomonidan davomli olqishlar va e'tiroflar bilan qarshi olindi. Ayniqsa, doirachilarimizning betakror chiqishlari barchaga jo‘shqinlik, zavq va yuqori kayfiyat ulashdi. Doirachi yigitlarimizning chiqishlarini butun zal oyoqqa qalqib, olqishlashi, san'at hech qanday tarjimonsiz, qalblarni, cheksiz sarhadlarni zabt eta olishini yana bir karra isbotladi.

Tadbir Turkiya davlatining Anqara shahrida davom etadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash