Qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-muvaffaqiyatlar kaliti

16 Oct, 2023 - 11:58
302
Qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-muvaffaqiyatlar kaliti

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xalqimiz o‘z hayotida his etishi, ularning aholi turmush tarzida samarali va ijobiy ta’sirini namoyon bo‘lishida ijro intizomi eng muhim omil sanaladi. 

Madaniyat vaziri o‘rin bosari Murodjon Majidov tomonidan tanqidiy tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ijro intizomi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida keltirilgan sohaga doir topshiriqlar ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash, shuningdek ularni “ijro.gov.uz” tizimiga o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha, ishlarni tizimli olib borish va to‘g‘ri tashkillashtirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Topshiriqlarni nazoratga olishda har bir hujjatlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritgan holda mutasaddi xodimlar bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rish, bu borada ijrochilarning mas’uliyatini yanada oshirish zarurligi qayd etilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash