Vakilimiz TURKSOY minbarida
14 Oct, 2023 - 09:11
351
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati) bo'limi
40-TURKSOY doimiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda nutq so‘zlagan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 2023 yil ko‘rkam zamin Shusha shahrining “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deya e’lon qilinishining tarixiy-madaniy ahamiyati xususida to‘xtalib, Ozarbayjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100 yillik, TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yillik yubiley tantanalari bilan qutladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari TURKSOY nafaqat turkiy tilli davlatlarning ma’naviy qadriyatlari va tarixiy-madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirish, malaniyat forumlari tashkil etishda, balki, Yevropada tutgan o‘rnini yanada mustahkamlab va uni butun dunyoda tanilishiga xizmat qilib kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, bugunga qadar Ostona, Turkiston, Eskishahar, Kastamonu, Bursa, Qozon, Mari, Sheki, O‘sh va Xiva kabi manzillar turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb e’lon qilingan.
Joriy yilda esa Shusha shahri ayni maqomda bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, muzokaralar davom etmoqda.