Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 109-teatr mavsumining ochilishi bo‘lib o‘tdi

13 Oct, 2023 - 10:27
576
Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 109-teatr mavsumining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Mavsum ochilishida yig‘ilganlarga o‘tgan 108-teatr mavsumi mobaynida amalga oshirilgan faoliyat, erishilgan yutuqlar, sahnalashtirilgan yangi asarlar haqida qisqacha ma'lumotlar berildi. 

Karnay-surnay sadolari, teatr ijodkorlarining kuy-qo‘shiqlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, tarixiy asar qahramonlarining tomoshabinlarni qarshi olishi kabi go‘zal manzaralarga boy tarzda tashkil etilgan mavsum ochilishda O‘zbek milliy akademik drama teatrining bosh rejissori Asqar Xolmo‘minov tomonidan sahnalashtirgan “Layli va Majnun” spektaklining premyerasi ham o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov so‘zga  chiqib, teatr jamoasini  yangi asar bilan samimiy qutlab,  ijodiy zafalar va omad tiladi. 

Shuningdek, O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat ko‘rsatgan artist  Baxtiyor Raximov, mahoratli aktrisa Sarvinoz Saitova, xonanda Gʻiyos Obloqulov  va  teatrning bosh rassomi Bahrom Safoyevlar "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Bosh rol ijrochilari Shohsanamxon Obloqulova, Turdimurod Xudoyberdiyev  hamda sahnalashtiruchi rejissor  Asqar Xolmo‘minovlarga Samarqand viloyat  hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash