Baxodir Axmedov rahbarligida teatrlarning 9 oylik hisoboti tinglandi
12 Oct, 2023 - 18:07
587
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Yig‘ilishda davlat teatrlarining 2023-yilning 9 oy davomida ijodiy faoliyatida amalga oshirilgan ishlari, davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilayotgan spektakllarning badiiy kengashga topshirilish holati, iqtisodiy masalalari, xalqaro va mahalliy gastrollar va festivallardagi ishtiroki haqida hisobotlar berildi.
Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda hisobotlar vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Madjidovich tomonidan tahlil etilib, teatrlarga kelgusi ijodiy ishlarida moliyaviy masalalarda sinchkovlik, aniqlik bilan ishlash, teatr repertuaridagi spektakllarning saviyasiga jiddiy e’tibor berish, asar tanlashda yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, spektakl sahnalashtirish jarayonlarida janrdan kelib chiqib, tarixchi, adabiyotshunos va musiqashunoslarni taklif etish, ular bilan o‘zaro fikrashish, tarixiy faktlarga e’tibor berish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida teatrlarda korrupsion holatlarning yuzaga kelishini oldini olish, ajratilgan mablag‘larni maqsadli ishlatish, teatrning normativ-huquqiy hujjatlarini yuritishda e’tiborli bo‘lish haqida tushuncha berib o‘tildi.