Samimiy suhbat, qizg'in muhokama
11 Oct, 2023 - 20:03
413
https://uza.uz/oz/posts/dunyo-hunarmandlari-qoqonga-yigiladilar-video_521842
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ishtirokida ikki jamoa vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yangi O‘zbekiston islohotlarining samaradorligidan tortib, siyosiy partiyalar faoliyati, tilimiz va eʼtiqodimizgacha bo‘lgan mavzular muhokama qilindi.
Ozodbek Nazarbekov maʼnaviy targ‘ibot samaradorligini oshirishda Amir Temur va Navoiyning bolalik va o‘smirlik davrlari bilan bog‘liq badiiy asarlarga juda katta ehtiyoj borligini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida o‘zbek milliy madaniyati va sanʼatini targ‘ib etishdagi mehnatlarini inobatga olib, partiya vakillariga Madaniyat vazirligining “Madaniyat va sanʼat fidokori” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Bundan keyingi faoliyatda Madaniyat vazirligi bilan partiya madaniyat sohasidagi qonunlarni takomillashtirish, bu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun yaqindan hamkorlik qilishi haqida so'z bordi.