Poytaxtimiz mezbon maqomida...

09 Oct, 2023 - 18:15
377
Poytaxtimiz mezbon maqomida...

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

... bo‘lgan, biz esa faxriy mehmon sifatida ishtirok etganimiz  yana bir xalqaro tadbir – Rashit Vagapov nomidagi tatar qo‘shiqlari xalqaro festivali haqida gapirishdan avval tatar vokal musiqasi timsoli, afsonaviy qo‘shiqchi Rashid Vagapov ijodiga alohida to‘xtalib o‘tish joiz.

Butun hayotini ijodga bag‘ishlagan bu inson Tatar davlat  filarmoniyasida uzoq yillar faoliyat yuritgan. Go‘zal tembrli kuchli ovoz sohibi bo‘lgan Rashid Vagapov milliy musiqa merosining “oltin fondi”ga kirgan asarlarni mahorat bilan tinglovchilar qalbiga yetkaza olgan, xalq mehrini qozongan ijodkorlardan. 


Xususan, uning ijrosidagi “Alfiya”, “Nuriya”, “Rayhon”, “Zulayho”, “Guljamol” qo‘shiqlari san’at ixlosmandlarining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgani ham bor gap. 


Darvoqe, festival doirasida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov Tatariston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangani quvonchli xabar bo‘ldi. 

Aytish kerakki, bu kabi xalqaro festivallar xalqlar o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib, millat va elatlarni, davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, o‘zaro madaniyatlar almashinuviga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash