Uch avlod uchrashuvi
06 Oct, 2023 - 18:14
445
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
"Keksalar xaftaligi" doirasida bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti Katta zalida O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-doyrachi Tal'at Sayfiddinov hamda shogirdi "Shuhrat" medali sohibi, Xalq maorifi a'lochisi, "Turon" fanlar akademiyasi faxriy akademigi Asliddin Sirojov ishtirokida institutimiz talaba-yoshlari uchun Mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Uch avlod vakillari jam bo‘lgan ushbu tadbirda milliy musiqa san'atimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan ko‘plab ustoz-san'atkorlar, jumladan benazir hofiz, sozanda va bastakor Hoji Abdulaziz xususida so‘z yuritildi. Mahorat darsi davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ustoz ijrochilardan javob oldilar.