Karim Zaripovni xotirlab...
04 Oct, 2023 - 14:37
431
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq artisti Karim Zaripov tavalludining 130 yillik yubileyiga bag'ishlangan qator tadbirlar o'tkazilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Karim Zaripov va uning jamoasi faoliyati davomida foydalangan buyumlar, sirk liboslari, mashhur sirk fidoyisi va sirk tarixidan hikoya qiluvchi fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Xalq orasida "Karim qiziq" deb nom qozongan taniqli chavandoz, “O‘zbekiston yigitlari” tomoshasi hamda XX asr boshlarida o‘zbek kinofikatsiyasi asoschilaridan biri Karim Zaripov faoliyatiga bag'ishlangan ko‘rgazma bir oy davom etadi.