O’zbek sirk san’ati darg’asi
03 Oct, 2023 - 12:19
469
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekiston xalq artisti Karim Zaripov – taniqli chavandoz, qiziqchi, “O‘zbekiston yigitlari” tomoshasining asoschisi, XX asrning boshlarida o‘zbek kinofikatsiyasining asoschilaridan biri va uning rahbari bo’lgan.
U 1904-yildan boshlab birinchi milliy sirk truppasini tuzdi va o‘z ish faoliyatini davom ettirib, 1918-yili Karim Zaripov “Kooperativ” nomli sirk jamoasini tashkil etadi va sirk tamoshalariga jo‘rnavozlik qilib turish uchun Yunus Rajabiydan orkestr tashkil etishini so‘raydi.
1928-yili “Qizil sharq” nomli yangi sirk jamoasini tashkil etadi, keyinroq bu jamoa asosida O‘rta Osiyo va Qozog‘izton respublikalarining Davlat sirk bosh boshqarmasi tashkil bo‘ladi.
1933-yili Karim Zaripov sirk bilim yurtini tashkil etib, ushbu bilim yurtida direktor va o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritadi.
Hozirgi kunda o’zbek sirk san’ati darg’asi Karim Zaripovning butun dunyoda 300 dan ortiq shogirdlari bor.