Milliy o‘zbek raqs kechasi

03 Oct, 2023 - 12:16
471
Milliy o‘zbek raqs kechasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida ochiq osmon ostidagi “Milliy o‘zbek raqs kechasi” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek milliy raqsi tarixiga, afsonaviy “Bahor” ansambliga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma, taniqli raqs ustalarining raqs chiqishlari, o‘qituvchi Ma’mura Ergashevning mahorat darsi tashkil  etildi.

Mehmonlar raqsga oid tanlovlar va viktorinalar faol qatnashib sovrinlarga ega bo'lishdi.

Tadbirda Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilari tomonidan raqslar ijro etdi.


 Mazkur Open air formatidagi unitilmas tadbirni Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan  maktab-internati o'qituvchilari Muxayyo Ganiyeva, Mashxura Prjanova, Aziza Qodirova, Durdona Samatovalar tomonidan tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash