Festival doirasidagi yana bir uchrashuv

03 Oct, 2023 - 12:09
418
Festival doirasidagi yana bir uchrashuv

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

"Ipak yo‘li durdonasi" XV Toshkent xalqaro kino festival doirasidagi muloqotlardan biri Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuhan janoblari bilan bo‘lib o‘tdi. 

Muzokara davomida joriy yilda Turkiyada "O‘zbekiston madaniyati kunlari", 2024 yilda yurtimizda "Turkiya madaniyati kunlari"ni o‘tkazish, madaniyat va san’atning barcha turlari, shuningdek, kutubxonachilik sohasida mavjud hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida madaniyat bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish kabi muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza almashdik. 

Shu bilan birga, qo‘shma filmlar suratga olish hamda TURKSOY xalqaro tashkiloti doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirdik.

Madaniyat vaziri 
Ozodbek Nazarbekov

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash