Ofeliya Yusupovaning xonadonlarida bo‘ldik
03 Oct, 2023 - 11:59
362
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Yuqorida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonga binoan taqdirlangan soha vakillari haqida ma’lum qilgan edik.
Ana shunday yuksak e’tirofga munosib ko‘rilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi professori Ofeliya Yusupovaning xonadonlarida bo‘lib, mamnuniyat ila mukofotlarini topshirdik.
Bir necha yillik umrini yoshlarga ilm ulashishga bag‘ishlagan ustozning munosiblik e’tirofidan quvonchiyu, bildirgan minnatdorligini ifodalashga ochig‘i, so‘z topolmadik...
Fidoyi ustozlar hamisha bor bo‘ling!
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov