Bahodir Ahmedov “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
30 Sep, 2023 - 14:10
413
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona mehnatlari hamda soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Madaniyat vazirligida tashkil etilgan tadbir doirasida ushbu mukofotni maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev tantanali ravishda topshirdi.
Madaniyat vazirligi jamoasi nomidan Bahodir Madjidovich Ahmedovni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.