Diqqat tanlov!

29 Sep, 2023 - 17:41
459
Diqqat tanlov!

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–222-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlov e'lon qiladi.

Mamlakatimizda askiya, yumor, satira va qiziqchilik san’atini rivojlantirish, keng targ‘ib etish va kelgusi avlodga yetkazish maqsadida ijodiy jamoalar va yozuvchi-dramaturglar tomonidan birgalikda yaratilgan hajviy asarlar tanlovini e’lon qiladi.

Hajviy asar – sahnalashtirish uchun mo‘ljallangan dramatik asar (komediya, satira, yumor, hajviya va boshqa janrlarda) bo‘lishi mumkin.

Hajviy asarlar yurtimiz aholisiga mazmunli madaniy hordiq jarayonini yaratib berish maqsadida respublika teatrlarida davlat buyurtmasi asosida  sahnalashtiriladi.

Yozuvchi, dramaturg, qiziqchi, so‘z ustasi va ijodiy jamoalar bilan birgalikda yaratilgan hajviy asarlarni jori yilning 1-noyabriga qadar Madaniyat vazirligiga yuborishingiz mumkin.

Мурожаат учун: 
+998(90) 919-48-45 
(asarlarni usbu raqamga telegram ijtimoiy tarmog' i orqali yuborishingiz mumkin)

Biz siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz!!!

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash