Ustozlarga ehtirom ko‘rsatib, yoshlarni sinovdan o‘tkazdik

29 Sep, 2023 - 17:31
418
Ustozlarga ehtirom ko‘rsatib, yoshlarni sinovdan o‘tkazdik

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 1-oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etdik. 


Azaldan ulug‘lanib, millat tarbiyachilari sifatida e’tirof etilib kelingan o‘qituvchi-murabbiylarning kasb bayramlari bilan qutlab, ehtiromimizni bildirdik.

Shundan so‘ng, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning institut bosqichi doirasida “Rektor kubogi” uchun sportning 5 ta– futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turi bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazdik. 

Bugunning shijoatli, ilm olish, hunar o‘rganish bilan birga sog‘lom turmush tarziga odatlangan sportsevar yoshlar bellashuvida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarni  taqdirlab, muvaffaqiyat tiladik.

Madaniyat vaziri 
Ozodbek Nazarbekov

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash