Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
29 Sep, 2023 - 09:47
423
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasining barcha tizim tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Uni Madaniyat vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i Komiljon Raximov olib bordi.
Tizimda korrupsion holatlarga qarshi kurashish, noxush vaziyatlar kelib chiqishining oldini olish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Soha vakillariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.