IKKI ELNI BOG’LAGAN BEG’UBOR RISHTA
29 Sep, 2023 - 09:38
448
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
2023-yilning iyun oyida Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri bilan Ozarbayjon Respublikasi Salyan davlat qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasida ikki davlat madaniy aloqalarini mustahkamlash va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolangan edi.
Ushbu memorandumning o‘zaro ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejasiga muvofiq joriy yilning 25-sentyabridan 2-oktyabriga qadar Ozarbayjon Respublikasi Salyan davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Surxondaryo viloyatida gastrol safarida bo‘lishi tasdiqlangan.
Joriy yilning 25-sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida Ozarbayjon Respublikasi Salyan davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasini Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri rahbaryati tan’tanali ravishda kutib olishdi.
Salyan davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi hamda teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlarga teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko’riniashlari va konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir davomida Salyan davlat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi “Chal o’yna” spektaklini jajji tomoshabinlar uchun tuhfa sifatida ijro qilishdi