Ko‘hna va navqiron Samarqand yana bir muhim maqomga munosib ko‘rildi

26 Sep, 2023 - 19:00
499
Ko‘hna va navqiron Samarqand yana bir muhim maqomga munosib ko‘rildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

So‘nggi yillarda jahon hamjamiyati ta’lim, ilm-fan va madaniyat  taraqqiyot garovi ekanligini yanada teranroq angladi va asosiy e’tiborni ana shu uch jihatga qaratyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

25- sentyabr kuni Qatar davlatida  o‘z ishini boshlagan XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining “Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon” mavzusidagi 12-konferensiyasida ishtirok etyapmiz.

Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va an’anaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama qilindi.


Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025 yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra  dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi.  

Konferensiya bugun o‘z ishini davom ettiradi.

Madaniyat vaziri

Ozodbek Nazarbwkov

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash