Qiziltog‘liklar uchun yana bir tuhfa
26 Sep, 2023 - 12:25
413
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov hamrohligida Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasidagi «Chotqol» madaniyat saroyi binosining ochilish marosimida ishtirok etdik.
Aytish kerakki, qisqa muddatda qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinish olgan mazkur madaniyat saroyi 336 o‘rinli katta tomoshalar zaliga ega va bu ko‘psonli aholi uchun konsert dasturlari, tomoshalar, tanlov va taqdirlash marosimlarini sifatli tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek, zamonaviy kutubxona, badiiy to‘garaklar xonalari musiqa asboblari, musiqiy markazlar hamda ko‘chma sahnalar bilan ham ta’minlangan.
Bir so‘z bilan aytganda, «Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ homiylik mablag‘lari hisobidan zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, jihozlangan ushbu maskan xalqimizga uzoq yillar xizmat qilib, san’atsevar, iqtidorli yoshlarimiz uchun mahoratlarini toblash, katta sahnalarga qadam qo‘yishlarida pillapoya bo‘la oladigan o‘ziga xos maskanga aylanadi.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov