“Etik kiygan mushuk” spektakli namoyish etildi
25 Sep, 2023 - 09:11
393
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Bugun Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida jahonga mashhur ertak asosidagi “Etik kiygan mushuk” spektakli namoyish etildi.
Pyesa muallifi Sharl Perro, sahnalashtiruvchi rejissyor Shuhrat Ibragimov, rassom Sardor Otaboyev, liboslar bo’yicha rassom Yevgeniya Biserova. Rollarda Asqar Hikmatov, Musulmon Yunusov, Barot Hasanov, Zaynura Nigʻmatova va boshqalar.
Spektaklda rostgoʻylik, muhabbat va insoniylik fazilatlari ulugʻlangan. Ayniqsa, aktyorlarning oʻziga xos ijrolari, yorqin xarakterlar yosh tomoshabinlarga manzur boʻldi.