Madaniyat kunlari — xalqaro maydonga oʻzbek sanʼatini tarannum etish imkoniyatidir!
25 Sep, 2023 - 08:59
347
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Maʼlumki, TURKSOY xalqaro tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etiladigan har bir tadbir, festival va yigʻilishlardagi faol ishtirokimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilib, tashabbus, gʻoya va takliflarimiz qoʻllab-quvvatlanadi.
TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev bilan navbatdagi uchrashuvimizda hamkorligimiz doirasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida fikr-mulohaza almashdik.
Asosiy muzokaramiz esa Turkiya davlatida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston madaniyati kunlarini yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan boʻldi.
Suhbat yakunida Sulton Rayev xalqaro maydonda oʻzbek sanʼati va madaniyatini targʻib etish, boy milliy musiqamizni tanishishga xizmat qiladigan madaniyat kunlarini yuksak darajada tashkil etishga oid oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov