“Malikani kim qutqaradi?” spektakli namoyish etildi

22 Sep, 2023 - 17:05
476
“Malikani kim qutqaradi?” spektakli namoyish etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Bugun Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Toshkent shahar Olmazor tumani 133-umumtaʼlim maktabi 1-4 sinf oʻquvchilari uchun “Malikani kim qutqaradi?” spektakli namoyish etildi.

Pyesa muallifi Matsey Voytishko, rejissyor Aleksandr Gamirov, rassom Yevgeniya Biserova, kompozitor Bahodir Zokirov. Aktyorlar Hakima Otaxonova, Feruz Xudoyberdiyev, Bahodir Ahmedov va boshqalar.

Spektakl bolalarga muhabbatni qadrlashni, mard va jasurlikni oʻrgatadi. Aktyorlarning yorqin ijrosi, oʻziga xos mazmunli qoʻshiqlar va yorqin dinamikaga boy voqealar yosh tomoshabinlar tomonidan ajoyib kutib olindi.

Barchani ushbu spektaklni tomosha qilishga taklif etamiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash