Qo‘qon nufuzli xalqaro festival mezboni

21 Sep, 2023 - 18:18
445
Qo‘qon nufuzli xalqaro festival mezboni

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

21 – 23-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali va Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbirlar Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Unda 70 dan ortiq davlatdan hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, mutaxassislar, soha olimlari, faxriy mehmonlar, madaniyat va san’at namoyandalari, shuningdek, mamlakatimiz hududlaridan 700 nafardan ziyod hunarmandlar qatnashmoqda.

Festival dasturi keng qamrovli bo‘lib, uning doirasida bir qator tadbirlar, xususan, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, davra suhbatlari, “Hunarmandchilik markazlari”ga tashrif, modalar namoyishi, taqdimotlar o‘tkaziladi.

Masalan, O‘rda maydonida tashkil etilgan pavilonlarda xorijlik va yurtimiz hunarmandlari mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tmoqda. Qolaversa, xalq sayllari va turli konsert dasturlari xalqaro tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.  

Festival doirasida mahalliy va xorijiy hunarmandlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov ham bo‘lib o‘tadi. Xalqaro hay’at ishtirokchilarning mahsulotlari ko‘rgazmasi va mahorat darslarini 5 ta nominatsiya:

1. “Eng yaxshi hunarmand” (1-o‘rin – 7 000, 2-o‘rin – 5 000, 3-o‘rin – 3 000 AQSH dollari),
2. “Eng yosh hunarmand” (5 nafar hunarmandga 2 000 AQSH dollari),
3. “Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” (1-o‘rin – 5000, 2-o‘rin – 3000, 3-o‘rin – 2000 AQSH dollari),
4. “Qadimiy sulola davomchisi” (2 hunarmandga 2500 AQSH dollari) 
5. “Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” (2 nafar hunarmandga 2 500 AQSH dollari) kabi nominatsiyalar bo‘yicha baholaydi hamda g‘oliblar maxsus diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash