Xalqaro uchrashuv
21 Sep, 2023 - 17:03
456
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov va Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Li Tsyun o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida ta'kidlandi.
Li Tsyun, ayniqsa, madaniy-gumanitar aloqalar ijchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, uchrashuvda 2024-yilda Pekin shahrida "O‘zbekiston madaniyati kunlari"ni, o‘z navbatida, 2024-yilda Toshkent shahrida "Xitoy madaniyati kunlari"ni o'tkazish, ikki tomonlama madaniy tadbirlarda o'zaro ishtirokni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda kechdi.