Dunyo hunarmandlari Qo‘qonga yig‘iladilar

21 Sep, 2023 - 11:01
415
Dunyo hunarmandlari Qo‘qonga yig‘iladilar

https://uza.uz/oz/posts/dunyo-hunarmandlari-qoqonga-yigiladilar-video_521842

Dunyo hunarmandlari Qo‘qonga yig‘iladilar (+video) (uza.uz)

Qo‘qonda II Xalqaro hunarmandlar festivaliga hozirlik ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumki, unda 70 ta  xorijiy mamlakatlarning 200 dan ziyod hunarmand, olim, dizayner va tashkilot rahbarlari ishtirok etishlarini tasdiqlaganlar. Bundan tashqari, mamlakatimiz viloyatlaridan eng sara 700 nafar hunarmand ham festivalda qatnashadi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Qo‘qon temir yo‘l vokzalida festival ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi. Ular orasida Hindiston, Amerika, Buyuk Britaniya, Rossiya, Misr, Xitoy kabi to‘rt qit’a vakillari bor edi.

Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad Al Kadumiy janoblaridan festivaldan kutayotgan natijalar haqida so‘radik.  

—  Bilasizki, onam Qo‘qon I hunarmandlar festivali tashkilotchilaridan biri edi. Ular o‘sha 2019 yili festivaldan qaytgach to umrining oxirigacha O‘zbekiston, Qo‘qon festivali va san’atsevar prezident Shavkat Mirziyoyev haqida eng hayajonli xotiralarini so‘zlab keldilar. Aslida bugun bu yerda onam bo‘lishi kerak edi, ammo birinchi hunarmandlar festivali qabul qilgan dasturni bajarishga mening nasibam qo‘shildi va bundan baxtliman.  

O‘zbekiston jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan davlat. Ayniqsa yoshlar, iqtidorli insonlarni qo‘llab-quvvatlash eng oliy qadriyatga aylangan. Bu gal Qo‘qonda dunyo hunarmandchilik muzeyi tashkil etilishi tarix va kelajak uchun ahamiyati katta bo‘lgan voqeadir. Biz Rishton kulollari tajribasi asosida xalqaro forum o‘tkazamiz. Dizaynchilar ko‘rigi esa festival gultojiga aylanadi. Ishonchim komil, Qo‘qon II xalqaro festivali barcha qatnashchilar uchun bir umrlik taassurot qoldiradi.

—Men Gretsiyadan, Azim Soluminki shahridan keldim, — deydi festival ishtirokchilaridan biri Kristine Uelss. — Yevropada ham kulolchilik rivojlanib boryapti. Ammo O‘zbekiston hunarmandlari eng peshqadam kulolchilik maktabini yaratganlar. Festival doirasida o‘z mahsulotlarimni namoyish etaman va Rishton kulolchiligi tajribasini ham o‘rganmoqchiman.    

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida “Tinchlik va farovonlikka faqat umumiy intilishlar va birgalikdagi harakatlar bilan erishish mumkin” degan edilar. Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan II xalqaro hunarmandlar festivali bu fikrning amaldagi ko‘rinishlaridan biridir. Zero yer kurrasining barcha qit’alaridan kelgan, dini, e’tiqodi, siyosiy mansubligi turlicha bo‘lgan, ammo tinchlik, farovonlik yo‘lida birlashgan hunarmandlar insoniyatga ezgulik ulashish niyatidalar.

ДУНЁ ҲУНАРМАНДЛАРИ ҚЎҚОНГА ЙИҒИЛАДИЛАР - YouTube

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash