“Bolalik” sahnada jonlanmoqda
20 Sep, 2023 - 12:10
511
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ulugʻ adib Oybekning “Bolalik” asari asosida sahnalashtirilayotgan yangi spektaklning repetitsiya jarayonlari boshlandi.
Muallif va sahnalashtiruvchi rejissyor Shuhrat Ibragimov, rassom Yevgeniya Biserova, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov, xoreograf Malika Iskandarova.
“Oybek domla - unutilmas inson. Ulugʻ jadidlar bilan bir davrda nafas olgan va ularni qatagʻon qilinganini koʻrgan. Oʻz asarlarida haqiqatni yozgan va millat ravnaqini koʻtargan shaxs. Yoshlar u haqda koʻproq bilishlari va asarlarini oʻqishlari kerak”, deydi rejissyor Shuhrat Ibragimov.
Tarixiy janrdagi mazkur spektaklning repetitsiya jarayonlari qizgʻin ketmoqda, unda teatrning mahoratli aktyorlari oʻziga xos rollarda namoyon boʻlishadi.