O'zbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimovga tegishli  buyumlar muzeyga topshirildi

20 Sep, 2023 - 12:07
413
O'zbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimovga tegishli  buyumlar muzeyga topshirildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O'zbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimovga tegishli  buyumlar muzeyga topshirildi

O'zbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimovga tegishli bo‘lgan ijodiy merosi bisotidan buyumlar shogirdi Yusupov Abdumutal hoji tomonidan O‘zbek milliy maqom san'ati markazi muzeyiga topshirildi. 

Ular orasida hofizning ashulalarining audio va video yozuv disklari, qo’llanmalar, arxiv suratlar, musiqa yozuv asboblari mavjud.

Ma’lumot uchun, Muhammadjon Karimov 1919-yil 20-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mumtoz yo‘lda yaratilgan va ijro etilgan ashulalari bilan xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan. Mumtoz ashula hamda maqom ijrochiligida o‘chmas iz qoldirgan. Ayniqsa, Bayot, Ushshoq, Chorgohi Qalandar, Savti Suvvora, Munojat ashula yo‘llarini mukammal ijro etgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash