Rim Giniyatullin tavalludining 80 yillik yubiley tadbiri tantanali nishonlandi

20 Sep, 2023 - 12:03
417
Rim Giniyatullin tavalludining 80 yillik yubiley tadbiri tantanali nishonlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Rim Giniyatullin tavalludining 80 yillik yubiley tadbiri tantanali nishonlandi

18-sentabr kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Rim Giniyatullin tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tantanali yubiley tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M.Kamilov, Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Vasil Shayxraziyev, Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahabriyati va xodimlari hamda bir qator tashkilotlar xodimlari, milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari ishtirok etishdi. 

Prezidenti maslahatchisi M.Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rim Abdulovich Giniyatullinni davlat mukofoti bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonini o‘qib eshittirdi va Rim Giniyatullinga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash